Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

Aholi uchun obod, ozoda va qulay yashash muhitini yaratish, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarni tartibga keltirish hamda hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida ko‘p qavatli uylar atrofining obodonlashtirilishi, hududning sanitariya holati, mavjud muammolarni aniqlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Deputatlik nazoratining bunday amaliy shakllari hududlardagi mavjud masalalarni joyiga chiqqan holda aniqlash, ularning yechimini ta’minlash va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3