Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
MAKTAB SPORT ZALIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ta’lim muassasalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida bo‘lib, uning holati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida sport zalining umumiy holati, mavjud sport jihozlari va anjomlar, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport zalidan foydalanish samaradorligi, uning sanitariya va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, o‘quvchilarning sport mashg‘ulotlariga jalb etilishi hamda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan sport zalidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay mashg‘ulot muhitini ta’minlash, sport jihozlarini asrab-avaylash hamda zarur sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni beqiyos. Shu bois ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasining holati va undan o‘quvchilarning samarali foydalanishi masalalari deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 2