Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayxun” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va yetarliligi o‘rganildi


Aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narx-navoning barqarorligini kuzatish hamda iste’mol bozorida yetarli zaxira yaratish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligini o‘rganish yo‘nalishi asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahallada aholiga taklif etilayotgan kundalik ehtiyoj mahsulotlarining mavjudligi, narxlarining barqarorligi hamda fuqarolar uchun qulay savdo sharoitlari masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash hamda narx-navoning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar deputatlik nazoratida qoldirildi.