Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
492-sonli DMTTda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

492-sonli DMTTda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi

📈 Navbatdagi o‘rganish tumandagi 492-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirildi. “Ochiq budjet” loyihasi doirasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, ishlarning borishi va sifati nazorat qilindi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

⚠️ 492-sonli DMTT rahbari tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar belgilangan tartibda olib borilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim xonalarning pol qismi yaroqsiz holatda ekani, ta’mirlash ishlari yakunlangach, mazkur qismning holati umumiy ta’mirlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.

🗣 Mazkur pol qismini ta’mirlash ishlari loyiha doirasiga kiritilmagani sababli, ushbu masalani “Ochiq budjet” loyihasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi yuzasidan DMTT rahbari tomonidan murojaat bildirildi.

📈 Ushbu muammoli masala yuzasdian tegishli mas'ullar bilan birgalikda muhokama qilib, yechim topish hamda ijobiy hal etilishi bo'yicha amaliy ishlarni qilish belgilab olindi.

📝 O‘rganish yakunida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, shuningdek, mavjud muammoli masalalarni tegishli tartibda o‘rganish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4