Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov ham ishtirok etib, deputatga amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

️O‘rganish davomida davlatimiz rahbari raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mahalladagi ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Ashirqulmergan” MFYda 88 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan. Mahalla hududida 27 ta mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida 150 nafar oila a’zosi ish bilan ta’minlangan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda 27 ta oilani “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarishga erishilgan.

Muloqotlar davomida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, har bir oila uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada fuqarolar bilan ishlash tizimi, “Mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi faoliyat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4