Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“Ashirqulmergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, har bir masalani amaldagi qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Jumladan, “Ashirqulmergan” MFY, Hazrati Bilol ko‘chasi, 48-uyda yashovchi II guruh nogironi Mirzayeva Risolatxon tomonidan yashash xonadonini ta’mirlash hamda uyiga quyosh paneli o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilindi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, fuqaro bilan batafsil suhbat o‘tkazildi hamda masala joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari va murojaatda ko‘tarilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Murojaatni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va zarur yordam mexanizmlarini belgilash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7