Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#Deputat_nazorati #Ekologiya_Bogdorchilik #Aholiga_ko'mak #Inson_qadri_uchun

🏛 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 5-“Mirshodi” saylov okrugidan saylangan deputat Bozorov Isroil Ochildiyevich tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanida shoʻrga chidamli mevali bogʻzorlar tashkil etish jarayonlari yuzasidan izchil deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

🌱 Maʼlumki, hududning iqlim va turoq sharoitlarini hisobga olgan holda shoʻrlangan yerlarda intensiv hamda shoʻrga chidamli mevali mevali bogʻlar barpo etish — yer undorligini oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🚜 Deputat joylarga chiqqan holda, ushbu loyiha doirasida yer maydonlarini agrotexnik talablar asosida haydash, yer tekislash hamda ekin ekishga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, jarayonga jalb etilgan soha mutaxassislari va dehqon-fermerlar bilan suhbatlashib, yuzaga kelayotgan masalalar hamda yer tayyorlash texnologiyasining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligini koʻzdan kechirdi.

💬 "Yer xususiyatlarini toʻgʻri baholagan holda shoʻrga chidamli koʻchat navlarini tanlash va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish loyihaning kutilgan natijani berishida hal qiluvchi omildir. Deputatlik nazorati orqali bu boradagi har bir bosqichning sifatli va belgilangan reja boʻyicha amalga oshirilishi taʼminlanadi," – deya taʼkidladi I. Bozorov.

✨ Qoraqalpogʻistonning Taxiatosh tumanida yangi bogʻzorlarni barpo etish va hudud ekologik hamda iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1