Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi

Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi

Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 19-“Xo‘jabulg‘on” saylov okrugidan saylangan deputati Murodov O‘ral Yusupovich tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganildi.

Uchrashuvda fuqarolar Xo‘jabulg‘on mahallasida joylashgan 36-sonli umumta’lim maktabining majlislar zali hamda ko‘mir ombori tom qismi kuchli shamol ta’sirida shikastlangani va yaroqsiz holatga kelib qolgani haqida murojaat qildilar.

Mazkur holat, ayniqsa, kuz-qish mavsumi yaqinlashayotgani munosabati bilan dolzarb masala sifatida qayd etildi. Tom qismlaridagi nosozliklarni bartaraf etmaslik yog‘ingarchiliklar vaqtida binolarning ichki qismiga suv o‘tishi, mol-mulk va elektr jihozlariga zarar yetkazishi, shuningdek, o‘quvchilar hamda maktab xodimlari xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Boysun tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri F.Hamidov nomiga 118-ds-398-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:

🔹 36-sonli maktab majlislar zali va ko‘mir omborining texnik holatini o‘rganish;

🔹 zarur ta’mirlash ishlari hajmini belgilash;

🔹 qurilish materiallari bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish;

🔹 ta’mirlash ishlarini kuz-qish mavsumi boshlangunga qadar amalga oshirish;

🔹 zarur hollarda moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

🔹 o‘quvchilar va maktab xodimlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;

🔹 amalga oshirilgan ishlar haqida belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi aholi murojaatlarini o‘rganish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ta’lim muassasalarida xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

Maqsad — aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

Slide 1 of 1