Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
BOSHRABOT MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI NAZORATDA

BOSHRABOT MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI NAZORATDA

✅ Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi raisi B.K. Haitov Boshrabot mahallasida bo‘lib, Yomchi ko‘chasida asfaltlashdan oldin amalga oshirilayotgan shag‘allash va yo‘l asosini tayyorlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

✅ Ma’lumot uchun, xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturda Boshrabot mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bir qator ishlar belgilangan.

Xususan:

🔹 75V031 avtomobil yo‘lining 4,5 km qismini asfaltlash uchun 2,5 mlrd so‘m mablag‘ nazarda tutilgan; ishlar 2-bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.

🔹 Boshrabot mahallasida Tadbirkorlar, Yomchi, Tong yulduzi, Navbahor, Guliston, Lokomotiv va Ziyoli qishloq ko‘chalari aholisi uchun qulaylik yaratish loyihasi doirasida jami 1 mlrd 505 mln so‘mlik ishlar rejalashtirilgan.

Shundan:

➡️ 0,8 km yo‘lga asfalt yotqizish — 400 mln so‘m;

➡️ 1,7 km ichimlik suv tarmog‘ini tortish — 600 mln so‘m;

➡️ 25 dona tungi yoritish chiroqlari — 50 mln so‘m;

➡️ 87 dona beton tayanch ustun o‘rnatish — 195 mln so‘m;

➡️ 1,7 km elektr tarmog‘i tortish — 260 mln so‘m.

✅ Kengash raisi tomonidan ishlar sifati, yo‘l asosining belgilangan me’yorlarga muvofiq tayyorlanishi va keyingi asfaltlash ishlarining sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Bu kabi nazorat tadbirlari aholi uchun qulay, xavfsiz va sifatli yo‘l infratuzilmasini yaratishga qaratilgan loyihalarning belgilangan muddat va talablar asosida amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4