Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xalq manfaatlari yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlar:

Xalq manfaatlari yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlar:

Qo‘shko‘pir tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qat’iy nazoratda
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosatining bosh mezoni — aholining kundalik muammolarini hal etish, ularning turmush farovonligini oshirishdan iboratdir. Xususan, qish mavsumini belofaqat, barqaror va ko‘ngildagidek o‘tkazish borasida joylarda olib borilayotgan ishlar buning yaqqol misolidir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyoqubova hamda tuman Kengashi deputati Z. Rahimovalar tomonidan “Bog‘zor” mahallasida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.
Deputatlik nazorati davomida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni o‘z vaqtida qondirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar jarayonida mahalla markaziga tadbirkorlar tomonidan sifatli va hamyonbop ko‘mir mahsulotlari keltirilib, sotuvi yo‘lga qo‘yilgani hamda fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida xonadonigacha yetkazib berish (dostavka) xizmati joriy qilingani qayd etildi.
Bu kabi amaliy tadbirlar davlatimiz rahbariyati tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining hududlardagi amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand qatlamning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolarning ertangi kundan rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1