Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni bilan hududlarda barqaror ish o‘rinlarini yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

📋 Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan mahalliy Kengashlar tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan amaliy ishlar boshlandi.

👥 Shu doirada Kengash deputati X.Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirildi va uning amaliy faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🔎 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratiladi.

📌 Har bir aniqlangan muammo bo‘yicha manzilli yondashuv asosida amaliy takliflar ishlab chiqish va ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish belgilandi.

🤝 Maqsad — mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish.