Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdurahmon Jomiy” mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari deputatlik nazoratida



Termiz shahrida aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘aymuratov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati tahliliy ko‘rib chiqildi.

Nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari hamda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonuni talablari asosida olib borildi.
Mas'ullar o‘rganish jarayonida kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, yaratilgan imkoniyatlarni aniq natijaga aylantirish hamda har bir xonadonning tadbirkorlik salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

O‘rganish yakunida mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish sur’atini yanada oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va ehtiyojmand oilalarni tadbirkorlik orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha hokim yordamchisiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — mahalladagi imkoniyatlarni amaliy natijaga aylantirishga xizmat qiladi!