Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 43-maktabda ta’lim sifati va obodonlashtirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Tursunov Otabek Tojiyevich tomonidan biriktirilgan hududlarda ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📍 Shu maqsadda Sherobod tumani «Boyqishloq» mahallasida joylashgan 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, maktabdagi mavjud shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🌿 Jumladan, maktab hududining obodonlashtirilishi, tozaligi va ko‘kalamzorlashtirilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomat holati, ta’lim-tarbiya jarayoni va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, maktab hududini yanada obodlashtirish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

✨ Sifatli ta’lim, obod maktab va munosib sharoit — farzandlar kelajagining muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4