Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Gulnoraxon Ismoilova Buloqboshi tumanidagi Rivoj MFYda bo‘lib, mahalla faoliyati, xususan, mahalla yettiligi tomonidan aholi, jumladan, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida reyestr ro‘yxatida turgan oilalar vakillari hamda mahalla a’zolari bilan uchrashib, mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, Rivoj MFY uchun qurib foydalanishga topshirilgan yangi, zamonaviy mahalla binosi ko‘zdan kechirildi. Mahalla yettiligining samarali faoliyat yuritishi, aholini qabul qilishi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Tashrif davomida mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolar muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2