Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
51-SONLI MAKTABDA “SI DAVOMAT” TIZIMI MUHOKAMA QILINDI

O‘quvchilarning darslarga qatnashishini raqamli nazorat qilish, davomatni yuritish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan 51-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Uchrashuvda Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati N. Eshmetova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov ishtirok etdi.

💻Suhbat davomida poytaxt maktablarida sinov tariqasida joriy etilayotgan “SI Davomat” tizimining imkoniyatlari va ishlash mexanizmlari haqida fikr almashildi.

📌Mazkur tizim zamonaviy smart-kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etish, sababsiz dars qoldirilgan holatlarda ota-onalarni SMS orqali xabardor qilish imkonini beradi.

🔎Shuningdek, davomatga oid ma’lumotlarni maktab direktori, profilaktika inspektori, Milliy gvardiya xodimi va mahalla vakillariga yetkazish, tizimni ERP Maktab hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining DMED axborot tizimi bilan integratsiya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

✅Uchrashuv yakunida maktab rahbariyatiga tizimdan samarali foydalanish, o‘quvchilar davomatini raqamli nazorat qilish hamda ta’lim jarayonida intizomni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1