Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi o'rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari Y.Musayev va Sh.Radjapovlar tomonidan tuman Suv ta’minoti bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

💦 O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning tuman miqyosida bajarilishi, aholiga suv ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish holati, mavjud suv inshootlari va tarmoqlarining texnik holati hamda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔎 Suv ta’minotida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

📋 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarning takliflari eshtildi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida masalani atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5