Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
🏗️ YUNUSOBOD TUMANI HOKIMI “TURKISTON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI IJROSINI KO‘ZDAN KECHIRDI

Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev “Turkiston”mahallasida bo‘lib, hududda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chalarni tartibga keltirish hamda aholi uchun yanada qulay va shinam sharoitlarni yaratish borasida bajarilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida tuman hokimi tomonidan ishlarning sifatiga alohida e’tibor qaratish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va puxta bajarish hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

✅ “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar har bir xonadonda tinchlik, qulaylik va farovon muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3