Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Maktab hududidagi yaroqsiz suv havzalari deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari o‘zlariga biriktirilgan saylov okruglarida aholi bilan muloqot qilib, hududdagi mavjud muammolarni muntazam o‘rganib bormoqda. Navbatdagi deputatlik o‘rganishi davomida 1-Uvaysiy saylov okrugida ham aholi va, avvalo, yoshlar xavfsizligiga daxldor muhim masala aniqlandi.

Kengash deputati Shoiraxon Madaminova tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida Marg‘ilon shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida foydalanilmayotgan ikkita maxsus suv saqlash havzasi mavjudligi aniqlandi. Ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur havzalar ma’nan eskirgani, yaroqsiz holatga kelgani hamda ichki qismi turli chiqindilar bilan to‘lib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur obyektlarning bevosita o‘quvchilar qatnaydigan maktab hududida joylashgani masalaning xavfsizlik nuqtayi nazaridan dolzarbligini yanada oshiradi. Foydalanilmayotgan va tegishli tartibda saqlanmayotgan bunday inshootlar, ayniqsa, bolalar ko‘p bo‘ladigan hududda turli xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Aniqlangan holat yuzasidan deputat Sh. Madaminova qonunchilikda belgilangan vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i nomiga rasmiy deputatlik so‘rovi yo‘lladi. Unda mavjud suv havzalarining texnik va xavfsizlik holatini o‘rganish, ular tomonidan o‘quvchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini aniqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur deputatlik o‘rganishi hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, aholi va yoshlar xavfsizligiga daxldor masalalarni o‘z vaqtida ko‘tarish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Aniqlangan holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarning munosabati va ko‘riladigan amaliy choralar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 1