Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
AJRIM YOQASIDAGI XOTIN-QIZLAR MASALASI — MAHALLA FAOLLARI BILAN MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda tuman Kengashi deputati G. Raimova Sarmich mahallasida ajrim yoqasida turgan xotin-qizlarning oilaviy va ijtimoiy holati masalasini mahalla faollari bilan birgalikda muhokama qildi.

Muhokama davomida ajrimga olib kelishi mumkin bo‘lgan oilaviy kelishmovchiliklarning sabablari, bunday oilalar bilan manzilli ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Mahalla faollari bilan hamkorlikda har bir oilaning holatini individual o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, zarur hollarda tegishli mutaxassislarni jalb etish hamda oilalarni yarashtirishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, muammoli oilalar bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, oilaviy totuvlikni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Muhokama yakunida ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlashda mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va deputatlarning hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida alohida e’tiborda bo‘ladi.

Oilani asrash — farzandlar kelajagini asrashdir!
                                

Slide 1 of 3