Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Huquqiy ma'lumot

#162_ta_qonun
⚖️ XALQ DEPUTATINING HUQUQIY MAQOMI VA KAFOLATLARI


📌 Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari hamda deputatlik faoliyatining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.

🔹 Qonunning 10-moddasi — “Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish”

📍 Har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar kafolatlanadi. Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan muhofaza qilinadi.
📍 Deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki boshqa turdagi javobgarlikka tortiladi.
📍 Deputatni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
📍 Deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida unga har qanday shaklda ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
📍 Deputat oldidagi vazifalarini bajarmaydigan, uning faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib yolg‘on axborot beradigan yoki deputatlik faoliyati kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

🔰 Xulosa: Deputatning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish — xalq vakilining o‘z vakolatlarini erkin va samarali amalga oshirishining muhim huquqiy kafolatidir.

📖 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1