Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
DEPUTATLIK ODOB-AXLOQI — KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAMOYILI**

DEPUTATLIK ODOB-AXLOQI — KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAMOYILI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 14-avgustdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-379-V-sonli qarori mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Muhokama davomida deputatlarning o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida qonuniylik, xolislik, mas’uliyat, halollik va odob-axloq tamoyillariga qat’iy rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda yuksak muomala madaniyatini namoyon qilishi hamda deputatlik maqomiga munosib faoliyat yuritishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, namunaviy odob-axloq qoidalaridagi o‘zgartirishlarning mazmuni deputatlarning huquq va majburiyatlari, jamoatchilik oldidagi mas’uliyati hamda xalq manfaatlarini ifodalashdagi siyosiy va huquqiy mas’uliyatini yanada oshirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqildi.

Doimiy komissiya tomonidan mazkur talablarning deputatlar faoliyatida amaliy ijrosini ta’minlash, Kengash faoliyatida ochiqlik, mas’uliyat va deputatlik madaniyatini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1