Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#deputat tashabbusi #amaliy natija #ijtimoiy ko'mak

Aholi muammolarini o‘rganish va ularga manzilli ko‘mak berish deputatlik faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Kuni kecha deputat Lenura Baydullayeva boshchiligida o'z saylov okrugidagi “Saxovat”  mahallasida yashovchi, "Kambag'allik reestri"da turuvchi 2 nafar fuqaro O.Olloberganova hamda "Olmaliqsoy" mahallasida yaxshovchi Sh.To'xtaboyevaning oilaviy holati chuqur o‘rganildi.
O'rganishlar natijasida fuqarolarning bandligini ta'minlash hamda oilaviy sharoitini yaxshilashga to'sqinlik qilayotgan asosiy masala aniqlandi. Deputatning bevosita aralashuvi va tashabbusi bilan fuqarolarning farzandlari shahardagi 23-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga navbatsiz joylashtirildi.

Ushbu amaliy yordam tufayli ona endilikda farzandining tarbiyasi va xavfsizligidan ko'ngli xotirjam holda, oila daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Hozirgi bosqichda deputat L.Baydullayeva Shahar bandlikka ko'maklashish markazi hamda mahalla hokim yordamchisi bilan yaqin hamkorlikda fuqarolarning mutaxassisligi va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, uni munosib ish bilan ta'minlash uchun mavjud bo'sh ish o'rinlarini (vakansiyalarni) taklif etmoqda.
Rivojlanish va ijtimoiy farovonlik har bir oilaga yetib boradigan amaliy ko'makdan boshlanadi!