Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_ko'mak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, joylarda masalaga chuqur va individual yondashuvni talab etmoqda.
Ushbu ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Olmaliq shahridagi "Ibn Sino" mahallasida hudud deputati Oybek Qurolboyev hamda mahalla "yettiligi" hamkorligida xonadonbay o‘rganishlar tashkil etildi.

🔍 O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?
Kambag‘allik reestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga bevosita tashrif buyurildi;
Har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, turmush sharoiti va moddiy ta'minoti xolis ko‘rib chiqildi;
Fuqaroning muhtojlik darajasiga tushib qolishining tub sabablari (ishsizlik, salomatlik muammolari, kasb-hunar va daromad manbalarining yo‘qligi va h.k.) har taraflama tahlil qilindi;
Oilalarga manzilli va samarli yordam ko‘rsatish bo‘yicha yakuniy xulosalar shakllantirildi.
Aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha jurnaliga kiritilib, ijro nazoratiga olindi.

📊 Navbatdagi qadam: Tashriflar va tahlillar natijasida to‘plangan ma’lumotlar atroflicha muhokama qilish hamda amaliy chora-tadbirlar rejasini belgilash uchun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etildi.

Maqsadimiz — shunchaki statistikada turish emas, balki har bir oilaning o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga va munosib turmush kechirishiga erishishdir.

Slide 1 of 8