Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#deputat nazorati #o'rganish

Aholining turmush farovonligini oshirish, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligi doimiy e’tiborda.
Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar "Cho‘lpon" mahallasi hokim yordamchisining faoliyati hudud deputati Azamat Mavlonovning Kotibiyatdan biriktirilgan vakili Mukarram Nematullayeva hamda 1-okrug deputati Faxriddin Matasimov tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda, maxsus tasdiqlangan savolnomalar asosida olib borildi.
Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilindi:
🔹 Aholi xonadonlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlash;
🔹 "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va manzilli yordam ko‘rsatish ko‘rsatkichlari;
🔹 Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash darajasi;
🔹 Imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratilishining shaffofligi hamda ajratilgan resurslardan maqsadli foydalanilayotgani.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, hokim yordamchisi faoliyatidagi yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi hamda mahallasida mahsuldorlikni yanada oshirish va aholi murojaatlarini tezkor hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4