Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#deputatlik_nazorati #ijtimoiy_ko'mak #bandlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar jadal olib borilmoqda.
Xususan, ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Olmaliq shahridagi "Saxovat" mahallasida navbatdagi xonadonbay o'rganish ishlari tashkil etildi. O'rganishda hudud deputati Lenura Baydullayeva hamda "mahalla yettiligi" a'zolari birgalikda ishtirok etishdi.
Tashrif davomida, asosan "Kambag'allik reyestri"ga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoitlari, oilaviy ahvoli va ehtiyojlari yaqindan o'rganildi. Har bir fuqaro bilan samimiy muloqot o'tkazilib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar joyida eshitildi.

Asosiy e'tibor — aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirishga!
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kambag'allikdan chiqarishning eng samarali omili — bu fuqarolarni ish bilan ta'minlash va barqaror daromad manbaiga ega qilish tamoyilidan kelib chiqqan holda, deputat hamda "mahalla yettiligi" tomonidan xonadon egalarining bandligini ta'minlash choralariga alohida e'tibor qaratildi.
Muloqotlar davomida mehnatga layoqatli, ish so'rab murojaat qilgan fuqarolarga shahardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari ro'yxati va takliflari batafsil taqdim etildi.
Ularning qiziqishlari, mutaxassisligi va ko'nikmalaridan kelib chiqqan holda mos keladigan ish o'rinlari tavsiya etilib, bandligini ta'minlash bo'yicha manzilli choralar belgilab olindi.

O'rganish natijalari bo'yicha ma'lumotlar shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasiga muhokama uchun taqdim etildi.

Slide 1 of 4