Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining 2026-yil 14-sentyabrga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan, tuman deputati A.Odilovga biriktirilgan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash holati yuzasidan Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida bo‘limdagi mavjud shtat birliklari, xodimlarning tarkibi, ma’lumoti hamda mehnat munosabatlari bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida jami 69 ta shtat birligi mavjud.
Shundan:
🔵19 nafar bo‘lim apparati xodimlarining barchasi oliy ma’lumotli;
🔵24 nafar markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlaridan 7 nafari oliy ma’lumotli, 3 nafari tugallanmagan oliy ma’lumotli, 13 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli. Mazkur yo‘nalishda 1 ta bosh hisobchi shtat birligi vakant;
🔵26 nafar maxsus ekspluatatsiya xizmati xodimlaridan 4 nafari oliy, 13 nafari o‘rta maxsus, 7 nafari o‘rta ma’lumotli. Mazkur xizmatda 1 ta haydovchi shtat birligi vakant ekani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida xodimlarning mehnat faoliyati hamda ular o‘rtasidagi xizmat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasi talablari asosida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Boyovut tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda Mehnat kodeksining 121-moddasi talablari buzilishiga oid holatlar aniqlanmadi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda bajarilishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning mehnat faoliyatida qonuniylikni ta’minlash masalalari monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 5