Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#24_ta_tavsiya #nazorat #obod_mahalla

Inson qadri, uning huquq va манfaatlarini ta'minlash, ayniqsa, ko'makka muhtoj fuqarolarga har taraflama g'amxo'rlik ko'rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

Olmaliq shahar "Yangi hayot" mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo'lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to'g'ri va amalda qo'llanilayotganligi yuzasidan o'rganishlar o'tkazildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirovaning kunlik rejasiga asosan tashkil etilgan ushbu tadbirda shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev, mahalla raisi hamda ijtimoiy xodim ishtirok etdi.

O'rganishlar davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹 Davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va ijtimoiy yordamlarning mahalla mas'ullari tomonidan o'z vaqtida va manzilli yetkazilishi;
🔹 Fuqarolarni davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazish hamda salomatligini muhofaza qilish jarayonlari;
🔹 Patronaj hamshiralarining o'z vaqtida xonadonlarga tashrif buyurishi va tibbiy xizmat ko'rsatish sifati.

Mahalla bo'ylab xonadonma-xonadon o'tkazilgan muloqotlar davomida fuqarolarning muammolari va takliflari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklar hamda zudlik bilan hal etilishi lozim bo'lgan masalalar deputatning "Ko'chama-ko'cha yurish jurnali"ga qayd etilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun qat'iy nazoratga olindi.

Aholi farovonligi va ijtimoiy adolatni ta'minlashga qaratilgan bunday muloqot hamda amaliy o'rganishlar shahrimiz bo'ylab izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4