Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#deputat_axboroti #saylovchilar bilan uchrashuv

Olmaliq shahrining 20-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida fuqarolar bilan doimiy muloqot va amaliy hamkorlikni ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ochiq va samarali ruhda o‘tgan uchrashuvda shahar Kengashi deputatlari
Behzod Salimov (16-okrug),
Azamat Mavlonov (18-okrug),
Sevar Qodirova (19-okrug);

Hamkor deputatlar: Zuhra Pulatova (7-okrug), Muhiddin Abdullayev (21-okrug);
Mahalla vakillari: “Kimyogar”, “Uvaysiy”, “Cho‘lpon”, “Ko‘rpasoy” va “Oydin” mahalla yettiligi hamda ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar;
Mas’ul idoralar: Shahardagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi xodimlari.

Uchrashuv markazida — aholini qiynayotgan dolzarb masalalar
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqot davomida fuqarolar tomonidan hududlardagi infratuzilma, kommunal soha hamda ijtimoiy yo‘nalishlardagi mavjud muammolar ochiq-oydin o‘rtaga tashlandi. Mutasaddi tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda har bir murojaat atroflicha muhokama qilindi.

Masalaga huquqiy va zudlik bilan yechim:
Ko‘tarilgan masalalarni qog‘ozda qoldirmay, ularni zudlik bilan hamda qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha muhim qadam tashlandi.
Fuqarolar murojaati yuzasidan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-8-moddalariga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli mansabdor shaxslariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Nazorat va ijro — qat'iy diqqat markazida
Muloqot davomida bildirilgan har bir taklif, murojaat va e’tiroz deputatlar tomonidan to‘liq nazoratga olindi.  Qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda, ijro hokimiyati vakillariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va natijalari bo‘yicha saylovchilarga qo‘shimcha axborot berilishi belgilandi.

Slide 1 of 10