Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“KIMYOGAR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

“KIMYOGAR” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova “Kimyogar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda hududda olib borilayotgan xatlov jarayonlarining borishi bilan tanishmoqda.

🤝 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi, fuqarolar bilan manzilli ishlash holati hamda hududdagi mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, xatlov ishlarining tashkil etilishi, jarayonlarning samaradorligi, ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi o‘rganilib, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi muammolarni aniqlash, fuqarolarning murojaatlari va ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonuni deputatlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi. Mazkur qonun deputatlik faoliyatini amalga oshirishda fuqarolarning manfaatlarini ifodalash va hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganishning huquqiy asoslaridan biridir.

🌿 Mahallalarda olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganish — mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini belgilash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3