Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan 14-Navoiy saylov okrugida joylashgan “Uchquduq Duruvgavxari Kommunalchi” boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida boshqaruv kompaniyasining ko‘p qavatli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatishdagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sifati, umumiy foydalanishdagi hududlarning obodonlashtirilishi hamda ko‘p qavatli uylarning sanitariya va texnik holatiga e’tibor qaratildi.

🏠 “Uchquduq Duruvgavxari Kommunalchi” boshqaruv kompaniyasi ayni paytda 52 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 1 734 ta xonadonga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

🛠 Xonadonlarga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi qismlari, kirish yo‘laklari, hovli va tutash hududlarning tozaligi, obodonchiligi hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari ham o‘rganildi.

👥 Shuningdek, aholining murojaatlari va takliflari, uy-joy fondini saqlash va undan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olindi.
📌 O‘rganish davomida aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ko‘p qavatli uylar va ularning atrofidagi hududlarni doimiy nazoratda saqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Bunday o‘rganishlar aholining yashash sharoitini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va hududda obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4