Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“YANGIOBOD” MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
“YANGIOBOD” MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida xatlov jarayonlarining sifati, hududdagi obodonlashtirish ishlarining holati hamda qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishi yuzasidan mahalla mas’ullari bilan fikr almashildi.

🏗 Shuningdek, hududda olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirilib, ularning belgilangan talablar asosida sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-son Qonuniga muvofiq, deputatlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega.

🤝 Deputatlik nazorati — hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim vositasidir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 4