Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Bilimlar kuni — yangi maqsadlar va ulkan imkoniyatlar sari qadam

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova tumandagi 3-sonli umumta’lim maktabida 2 sentabr — Bilimlar kuni hamda 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.
🔵Tadbirda so‘zga chiqqan L.Behbudova ta’lim — jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagini belgilab beruvchi eng muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.
🔵Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilar uchun yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va yuksak natijalar davri bo‘lishiga tilak bildirildi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan bolajonlarga bilim olamida muvaffaqiyatlar tilab, ularning qalbida Vatanga muhabbat, ilmga intilish va ezgulik tuyg‘ularini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
🔵Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Bilimli va salohiyatli avlod — yurtimizning eng katta boyligidir!

Slide 1 of 3