Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ilgari surgan tashabbuslarini katta ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

🔵Bugungi murakkab va tez o‘zgarayotgan dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, BMTning markaziy rolini saqlab qolish hamda mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar e’tiborga molik.

🔵Ayniqsa, “ShHT plyus” formatini yuqori texnologiyalar, ta’lim, inson kapitalini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mintaqalararo muloqot maydoniga aylantirish tashabbusi kelajak uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.

🔵Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ko‘p qutbli dunyo yangi ajratuvchi chiziqlarni emas, balki hamkorlik va imkoniyatlar makonini kengaytirishi lozim. Bu tamoyil O‘zbekistonning tinchliksevar, ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatiga to‘la mos keladi.

🔵Men deputat sifatida ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlayman. Chunki xalqaro miqyosdagi tinchlik va barqarorlik, iqtisodiy hamkorlik hamda zamonaviy texnologiyalar rivoji, avvalo, xalqimizning farovon hayoti va kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

U.Ro‘ziyev, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati