Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
📖Doimiy komissiya yig‘ilishi: Namunaviy ish yuritish asosida sessiyaga tayyorgarlik
📖Doimiy komissiya yig‘ilishi: Namunaviy ish yuritish asosida sessiyaga tayyorgarlik

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida masalalarni dastlabki muhokama qilish, ularni chuqur tahlil etish hamda sessiyaga sifatli hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar, ularning manzilli ro‘yxatlari hamda loyihalarni moliyalashtirish masalasi o‘rin oldi.

Muhokamalar davomida g‘olib loyihalar, ularning hududlar kesimidagi manzillari va moliyalashtirish masalalari komissiya a’zolari tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ish yuritish tizimini namunalar asosida tashkil etish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy jihatdan puxta va mukammal bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli doimiy komissiya qarori belgilangan tartibda qabul qilindi.

Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar va qabul qilingan qaror navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun taqdim etiladi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 5