Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.

NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Tuman tibbiyot birlashmasida dori-darmon xaridlari, tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish shartnomalari hamda bo‘sh ish o‘rinlarini taqsimlash holati” yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganish jarayoni 4-son oilaviy poliklinikada tashkil etilib, tibbiyot muassasasidagi dori-darmon ta’minoti, ularning mavjudligi hamda fuqarolarga yetkazib berilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan poliklinikaga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 120 turdagi dori-darmonning 90 turi mavjudligi haqida deputatga ma’lumot berildi. Shuningdek, mavjud dori vositalari fuqarolarga, jumladan, restrga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda tarqatilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish davomida dori-darmonlarning mavjudligi, saqlanishi va aholiga yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli deputatlik soʻrovi yuborilishi belgilandi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minotini yaxshilash hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 1