Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan tuman Kengashining 18-“Chashka” saylov okrugi deputati Q. Chorievning saylov okrugiga qarashli “Hurriyat” mahallasida joylashgan tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasining “Hurriyat” filialida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-528) ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, filialda fuqarolarga reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, aholiga zarur tibbiy maslahat va ko‘mak berilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amalda bajarilishi o‘rganildi.
Bunday o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish hamda sohadagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat.
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi — aholi salomatligi va manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 3