Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Yoshlik-2 mahallasida ko‘cha boshlari va mahalla faollari bilan birgalikda obodonlashtirish tadbirida faol ishtirok etdi.
🌳 Tadbir davomida mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, ko‘chalar ozodaligini ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda atrof-muhitni tartibga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Obodonlashtirish kabi ezgu tashabbuslarning mahalla faollari, ko‘cha boshlari va aholi vakillari bilan hamjihatlikda amalga oshirilishi hududda birdamlik va daxldorlik muhitini yanada mustahkamlaydi.
🏡 Zero, obod mahalla — xalqning kundalik hayoti, farovonligi va xotirjamligi bilan chambarchas bog‘liq. Har bir ko‘cha, har bir xonadon atrofi ozoda va fayzli bo‘lsa, mahallamiz yanada go‘zal qiyofa kasb etadi.
✨ Birgalikdagi mehnat — obodlik sari qo‘yilgan muhim qadam!