Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Qo‘shtamg‘ali mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida aholi murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolarning taklif va muammolariga e’tibor qaratilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
💬 Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechimni talab qiladi. Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi ham aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning manfaatlarini munosib himoya qilishdir.