Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏥 Aholi salomatligi — doimo e’tiborda!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Dalvarzin oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rgandi.

🔎 Shuningdek, deputat tomonidan muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud shart-sharoitlar hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda muassasaning mavsumga puxta tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Sog‘lom jamiyat — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 5