Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 Ta’lim sifati va sharoitlar — e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan ishchi guruh tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, deputatlar Z.Esirgapova, D.Saidova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yo‘ldoshevlardan iborat ishchi guruh O‘zbekiston mahallasidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

🏫 O‘rganish davomida ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kun tartibidagi masalalar doirasidagi holat atroflicha ko‘zdan kechirildi.

📌 Joylarda olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli hal etish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Deputatlar — xalq bilan birga, hududlar rivoji va aholi manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 8