Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
👥 Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-“Munchoq” saylov okrugidan saylangan deputat Boltaeva Madina Shoto‘rayevna o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy himoya reestrida turgan fuqarolarning xonadonlariga borib, ularning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi.
🏠 Tashrif davomida fuqarolarning yashash sharoiti, mavjud ijtimoiy muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tartibda hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Deputatning bunday sayyor o‘rganishlari aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganishga xizmat qiladi.