Yoshlar bandligi va tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.
Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tuman Kengashi deputati X. Saidova tomonidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammo va takliflari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi faoliyatining samaradorligi tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.