Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash holati o‘rganildi.

🔸“Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M. Mamatqulov va B. Toshpo‘latovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF-22-sonli Farmoni 6-ilovasi 175.1-bandi ijrosi yuzasidan Jizzax shahrida o‘rganish o‘tkazildi.

🔸O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash holati, mahsulot sifati hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔸Aniqlangan holatlar asosida mahsulot turlarini kengaytirish, qayta ishlashni rivojlantirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 5