O‘rganish davomida pitomnikda parvarishlanayotgan ko‘chatlarning umumiy holati, ularni saqlash, sug‘orish va parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ko‘chatlarni asrab-avaylash, ularning sog‘lom o‘sishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga ko‘chatlarni o‘z vaqtida parvarishlash, sug‘orish va mavjud ko‘chatlar sonini ko‘paytirish, shuningdek, ularni belgilangan hududlarga sifatli ekish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
“Yashil makon” loyihasi doirasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi