Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan tumanning “Tovoqsoy” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallala raisi Z.Akromov va ijtimoiy xodim M.Izzatullaeva bilan suhbatlashilib, mahallada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar, ularning ijtimoiy holati va oilalarga ko‘rsatilayotgan tegishli ko‘maklar haqida ma’lumotlar olindi. Ma’lum bo‘lishicha, mahallada jami 24 ta oila “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan bo‘lib, shundan 11 tasi davlat ta’minotidagi oila, 9 tasi kambag‘al oila, 4 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga mansub.

🔻Suhbat davomida har bir toifaga kiritilgan oilalar bilan ishlash holati, ularning mavjud muammolari va ehtiyojlarini aniqlash, shuningdek, oilalarga belgilangan tartibda ijtimoiy ko‘maklar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olindi.

🔻Shundan so‘ng ayrim oilalarning holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xonadonlarga tashrif davomida oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli, mavjud ehtiyojlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan yordamlarning natijadorligiga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida davlat ta’minotidagi oilalarga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida nogironlik bo‘yicha nafaqalar to‘lab kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur ko‘maklar oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Shuningdek, kambag‘al oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar ham olib borilayotgani aniqlandi. Xususan, 2 ta kambag‘al oilada oila boshliqlarining doimiy ishga joylashtirilishi ta’minlangan. Bu kabi choralar oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi, ijtimoiy ko‘makka ehtiyojini kamaytirish hamda kelgusida “Ijtimoiy reyestr”dagi toifasini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔻Deputat kambag‘al oilalarda mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy va barqaror ish o‘rinlariga joylashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zarur hollarda kasb-hunarga o‘qitish hamda oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berib, belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishini ma’lum qildi.
Slide 1 of 4