Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏘 Xalq bilan birga — mahallama-mahalla!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Dehqonobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Esonov bilan birgalikda hududda oilaviy shifokorlik punkti uchun tanlangan joy bilan yaqindan tanishdi.

🤝 O‘rganish jarayonida fuqarolar uchun qulay va sifatli tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yish, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar o‘rganildi.

📌 Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

✨ Xalq dardi — deputat e’tiborida.
Muammo ko‘tarilsa — yechim sari qadam tashlanadi!

Slide 1 of 3