Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengashning ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masala yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirining hisoboti tinglandi. Hisobot doirasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

💬 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅ Doimiy komissiya tomonidan tavsiya etilgan qaror loyihalari asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4