Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 TAQACHI MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Taqachi mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatlarini o‘rgandilar.

🤝 Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni amaliy hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

💬 Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechimni talab etadigan muhim masala. Har bir murojaat ortida inson taqdiri, uning kundalik hayoti va manfaatlari mujassam.

✅ Muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va natijador yechimlarni ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq bilan muloqot — yechim sari muhim qadam!

Slide 1 of 3