Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov “Dehqonobod” mahallasida aholi uchun zamonaviy qulayliklar asosida barpo etilib, foydalanishga topshirilgan xiyobon va bog‘ning bugungi holati bilan tanishdi.
🌳 Aholining mazmunli hordiq chiqarishi, sayr qilishi va bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi uchun yaratilgan ushbu maskan mahalla ko‘rkiga ko‘rk, yurtdoshlarimiz hayotiga esa yanada ko‘proq qulaylik bag‘ishlamoqda.
🤝 Deputat tomonidan obodonlashtirish ishlarining sifati, yaratilgan sharoitlardan aholining foydalanish darajasi hamda hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflar o‘rganildi.
Obod hudud — yuksak kayfiyat, qulay sharoit — farovon hayot!