Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Y. tomonidan “Qo’shchinor” mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘nalishlarida ishchi guruh faoliyati tashkil etildi.
👥Ishchi guruh faoliyati doirasida:
🔹Ishsiz va kam daromadli fuqarolar bilan manzilli ishlash;
🔹Aholining bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish;
🔹Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;
🔹Mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔎Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi ijtimoiy infratuzilma holati, aholi murojaatlari va fuqarolarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🤝Ishchi guruh faoliyati orqali aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.